
Sana va vaqtni tanlang
23-sentabr kuni soat 19:00 da Shvili & Osteria Mario’da o‘zgacha gastronomik kecha bo‘lib o‘tadi.
Ilk bor bir oshxonada ikki brend-chef — Lika Mardaleyishvili (Shvili) va Aleksandr Morin (Osteria Mario) uchrashib, ikki yorqin gastronomik an’ana — Gruziya va Italiya taomlarini birlashtiradi.
Aynan ushbu kecha uchun chef’lar 7 kursdan iborat mualliflik setini tayyorladilar. Unda ikki oshxonaning tanish ta’mlari yangicha talqinda namoyon bo‘ladi. Kechki taomlar Sun Vito tomonidan taqdim etiladigan vino hamrohligida davom etadi.